O‘zbekiston | 18:40 / 09.11.2024
4660
2 daqiqa o‘qiladi

MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi

Bosh prokurori buyrug‘i bilan Otabek Salmanov Majburiy ijro byurosining Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Foto: MIB matbuot xizmati

Majburiy ijro byurosining Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bosh prokurori buyrug‘i bilan Otabek Salmanov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Otabek Salmanov 1982 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U ish faoliyatini 2009 yilda Sud ijrochilari Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar bo‘limi sud ijrochisi vazifasidan boshlagan. 2014 yilda Sud departamenti Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. So‘ng, 2017 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida o‘z ishini davom ettirgan.

Mazkur tayinlovga qadar, Otabek Salmanov byuroning Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, Bosh prokuror buyrug‘i bilan Ayubxon Alimov Majburiy ijro byurosining Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ayubxon Alimov 1981 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U ish faoliyatini 2007 yilda Sud ijrochilari Farg‘ona viloyati Bag‘dod tuman bo‘limi sud ijrochisi vazifasidan boshlagan. Byuro organlarida ish faoliyatini 2018 yildan boshlagan. 2021 yilda Dang‘ara tuman, keyinchalik Qo‘qon shahar bo‘limlari boshlig‘i sifatida xizmat qilgan.

Tayinlovga qadar, Ayubxon Alimov Byuroning Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Mavzuga oid