O‘zbekiston | 10:48 / 09.11.2024
1438
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi

Seulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Janubiy Koreya muzokaralarida mavjud va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo

Amaliy tashrif bilan Seulda bo‘lgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va uning rahbarligidagi delegatsiya a’zolari Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

"CJ Group, Youngone Corporation, Hyundai Motor Group, Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi, Koreya sanoat federatsiyasi rahbariyati bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarda mavjud va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildik".

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 4 noyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hamkasblari bilan birgalikda Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol tomonidan qabul qilindi, Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Txe Yol bilan muzokara o‘tkazdi hamda "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" 17-hamkorlik forumida ishtirok etdi.

Mavzuga oid