O‘zbekiston | 10:08 / 09.11.2024
1308
2 daqiqa o‘qiladi

Seulda O‘zbekiston va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Seul shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Txe Yol bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

"Bugun Seul shahrida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Cho Txe Yol janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Koreya Respublikasi Prezidentining joriy yil iyun oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan muloqoti yuqori texnologiyalar, innovatsion iqtisodiyot, «yashil» energetika, aqlli qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda yanada faol hamkorlikka yo‘l ochganini qayd etdik". 

Mamlakatlar o‘rtasidagi barcha kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish, ayniqsa, iqtisodiy sohada yangi kompleks loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Prezident Yun Sok Yol shu yilning 13-15 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif davomida ikki mamlakat yetakchilari Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Mavzuga oid