Tramp g‘alaba nutqida amerikalik yahudiylarni tilga olmadi
Ayni paytda AQShning yangi saylangan prezidenti Isroilga xayrixoh pozitsiyasi bilan tanilgan.

Foto: AP
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp o‘zining g‘alaba nutqida mamlakatdagi yahudiy jamiyati vakillarini tilga olmadi, deb yozadi Amerika OAV.
Shu bilan birga, Isroilga xayrixoh pozitsiyasi bilan tanilgan siyosatchi nutqi davomida turli etnik guruhlar, jumladan, osiyoliklar, lotin amerikaliklar va arab-musulmonlardan ham ovoz olganini alohida ta’kidladi.
«Ushbu kampaniya ko‘p jihatdan tarixiy bo‘ldi. Bizda Amerika tarixida ko‘rilmagan eng katta, eng keng va birlashgan koalitsiya mavjud. Hech qachon bunday bo‘lmagan: yosh-u qari, erkak va ayollar, qishloq va shaharlar — bularning barchasi bu kechada bizga yordam berishdi. Bu ajoyib jamoa. Afroamerikaliklar, lotin amerikaliklar, osiyoliklar, arablar, musulmonlar — ularning barchasi bizni qo‘llab-quvvatladi va bu ajoyib edi. Bu jamiyatning barcha qatlamlari fuqarolarini umumiy yadro – sog‘lom fikr atrofida birlashtirgan tarixiy o‘zgarish bo‘ldi», — deya Tramp so‘zlari keltirilgan.
5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan AQSh prezidentlik saylovlarida Donald Tramp davlat rahbari etib saylanish uchun zarur bo‘lgan 270 ta saylovchilar kollegiyasi ovozini to‘plash chegarasidan o‘tdi.
AQShning 47-prezidenti inauguratsiyasi 2025 yilning 20 yanvarida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

23:36 / 06.04.2025
Yerokomissiya AQShdan import qilinadigan go‘sht, kiyim-kechak va hojatxona qog‘oziga javob bojlari joriy etadi

19:44 / 06.04.2025
Eron armiyasi jangovar shay holatga keltirildi - Reuters

17:20 / 06.04.2025
AQShda Tramp va Maskka qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi - fotolar

16:01 / 06.04.2025