Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Oq uy apparati rahbari lavozimini Syuzan Uayls egallaydi
Respublikachining so‘zlariga ko‘ra, Uayls unga «AQSh tarixidagi eng katta siyosiy g‘alabalardan biriga» erishishda yordam bergan.
Foto: Reuters
Oq uy apparati rahbari lavozimini Syuzan Uayls egallaydi. Bu haqda AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Uayls unga «AQSh tarixidagi eng katta siyosiy g‘alabalardan biriga» erishishda yordam bergan.
«U 2016 va 2020 yillardagi muvaffaqiyatli kampaniyalarimning ajralmas qismi edi», dedi respublikachi.
AQShning saylangan prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Uayls kuchli va aqlli ayol, «innovatsion qarashlar»ga ega.
Syuzan Uayls Trampning saylovoldi tashviqoti rahbarlaridan biri edi.
5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan AQSh prezidentlik saylovlarida respublikachi Tramp 270 dan ortiq delegatning ovozini oldi va mamlakatning 47-prezidenti bo‘ldi. Uning inauguratsiyasi 2025 yil 20 yanvarga belgilangan.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025