Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021-2024 yillarda dunyoning 40 ta davlatida "O‘zbekiston madaniyati kunlari" tashkil etildi
Qozog‘istonning "Infozakon" internet nashrida "Madaniy diplomatiya dillarni dillarga bog‘laydi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov qalamiga mansub mazkur maqolada O‘zbekistonning xalqaro diplomatiya va uning uzviy qismi bo‘lmish madaniy diplomatiya sohasida erishilayotgan yutuqlari batafsil tahlil qilingan.
Muallif madaniy diplomatiya bir muhit va makonda istiqomat qiladigan millat va elatlarning bir-birini o‘zaro tushunishi, urf-odatlarini hurmat qilishi, o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash maqsadida san’at asarlari va boshqa madaniy komponentlar almashinuvini o‘z ichiga qamrab olishini ta’kidlagan.
Mamlakat rahbari tomonidan xorijiy davlatlarga amalga oshirilayotgan tashriflar doirasida madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish maqsadida imzolangan hujjatlarga asosan hamkor davlatlarda "O‘zbekiston madaniyati kunlari" o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, 2017–2020 yillarda dunyoning 20 ga yaqin davlatida "O‘zbekiston madaniyati kunlari" tadbirlari tashkil etilgan bo‘lsa, 2021–2024 yillarda bu ko‘rsatkich 40 taga yetdi.
Shu bilan birga, mamlakatimiz YuNeSKO, MDH, ShHT, TURKSOY, ICESCO kabi turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida madaniy hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan qator tashabbuslarni ilgari surmoqda.
Maqola xulosasida, "Xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni shakllantirish, o‘zaro hurmat, bir-birini anglash, foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda madaniy diplomatiyaning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir", – deb ta’kidlangan.
Mavzuga oid
14:49 / 21.05.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
15:43 / 01.05.2025
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
18:38 / 28.04.2025
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish bilan bog‘liq reglament tasdiqlandi
15:03 / 15.03.2025