Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lohurda O‘zbekiston savdo uyi tashkil etiladi
Pokiston savdo vaziri Jam Kamol Xon boshchiligidagi ushbu mamlakat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.
Pokiston delegatsiyasi tashrif davomida Toshkent shahrida o‘tkazilgan Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 9-yig‘ilishida, shuningdek, O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumida ishtirok edi. Unda ikki tomonlama qator kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, "Imtiyozli savdo" bitimi doirasida mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha savdo vaziri o‘rinbosarlari darajasida qo‘shma ishchi guruh tashkil etildi. Toshkent shahrida Pokistonning Diners Group kompaniyasi tomonidan Savdo uyini ochish va kelgusida Lohur shahrida O‘zbekiston savdo uyini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

2025 yil mart oyida Islomobod yoki Lohur shaharlarida Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 10-yig‘ilishini, Made in Uzbekistan ko‘rgazmasini va biznes-forum o‘tkazish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar transport-logistika, savdo-iqtisodiy, investitsiya yo‘nalishida O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish muhimligini ta’kidladilar.

Pokiston tomoni O‘zbekistonni JSTga a’zo bo‘lishida to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Mavzuga oid
11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
15:16 / 10.05.2025
Irkutskda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi
23:40 / 08.05.2025