Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda O‘zbekistonda bronza davrini tadqiq etishga bag‘ishlangan arxeologik loyiha tashkil etildi
London shahrida Britaniyaning nufuzli UCL – University College London universiteti professori Milyana Radivoyevich rahbarligidagi "Yevrosiyo metallurgiyasining evolyutsiyasini kashf qilish (R): bronza davrida metallardan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning ijtimoiy va ekologik ta’siri" mavzusidagi arxeologik grant loyihasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Yevropadagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari professorlari, ilmiy tadqiqotchilar, arxeologlar, tarixchi olimlar va talabalar ishtirok etdi.
Taqdimot davomida O‘zbekiston elchixonasi xodimlari tomonidan mazkur loyihaning respublika hududi tarixini o‘rganishdagi ahamiyati va yurtimiz hududlarining qadimiy Ipak yo‘li rivojidagi muhim o‘rni haqida ma’lumot berildi.
Mazkur grant loyihasi Yevropa Komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Loyiha Ipak yo‘lining eng muhim manzillari hisoblangan O‘zbekiston va uning hududida bronza davrida metall ishlab chiqarish texnologiyalarining evolyutsiyasi va bosqichlariga bag‘ishlanadi.

Kelgusida O‘zbekiston olimlarining mazkur loyihaga jalb etilishi nazarda tutilgan.
"Bugun "Yevrosiyo metallurgiyasining evolyutsiyasini kashf qilish (R): bronza davrida metallardan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning ijtimoiy va ekologik ta’siri" mavzusidagi arxeologik loyihamizning rasmiy ochilish marosimini o‘tkazdik. Loyihadagi asosiy tadqiqotlar O‘zbekiston hududida amalga oshiriladi. Bu Buyuk Britaniyadagi o‘zbek madaniy va arxeologik merosini tahlil qilish va o‘rganish uchun noyob imkoniyatlardan biridir. Biz O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Arxeologiya instituti, shuningdek, Samarqanddagi Ipak yo‘li markazi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganmiz. O‘ylaymizki, mazkur tadqiqotlar kelgusida arxeologik davrlarni kengroq o‘rganishga turtki beradi", – dedi loyiha rahbari Milyana Radivoyevich.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025