O‘zbekiston | 13:54 / 12.11.2024
1258
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya O‘zbekiston hokimliklari mas’ullari uchun o‘quv dasturlari ishlab chiqadi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklarining investitsiya va eksportga mas’ul xodimlarining malakasini oshirish maqsadida Britaniyaning MBF Academy muassasasi rahbari va Bornmut universiteti professori Xurshid Jalilov o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Foto: Dunyo

Uchrashuv davomida xorijiy sarmoyalarni O‘zbekistonga jalb etishda investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish, xorijdan investorlarni taklif etish va tayyor loyihalarni amaliyotga tatbiq etish usullari va metodikasini o‘rganish, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari uchun ilg‘or, nufuzli hamda istiqbolli investitsiya loyihalarni tayyorlashda malaka oshirish, hududlarda kambag‘allikni qisqartirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish,  tovarlarning eksportini tizimli va davomiy tashkil etish va boshqa mavzularda qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

MBF Academy muassasasi rahbari taklif etil mavzularda o‘quv kurslarini tashkil etish va ularga nufuzli xorijlik mutaxassislarni jalb etish imkoniyati mavjudligi bildirdi.

Uchrashuv yakunida mazkur o‘quv dasturlarini qisqa muddatlarda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid