Moldova hududidan yana bir dron topildi
10 noyabr kuni Moldova politsiyasi mamlakat hududidan ikkita dron topilgani to‘g‘risida xabar bergandi. Kishinyov uchuvchisiz uchish apparatlarining aniqlanishida Moskvani ayblamoqda.
Moldova politsiyasi Kishinyovdan 20 kilometr uzoqlikdagi Koshernitsa aholi punktidan yana bir uchuvchisiz uchish apparati topilganini ma’lum qildi.
«Milliy politsiya bir soat oldin politsiyachilar Koshernitsa aholi punktida uchuvchisiz uchish apparatini topgani to‘g‘risida ogohlantirish berganini ma’lum qiladi… Dron qulagan joyga fuqarolarning kirishi cheklangan», — deydi xabarda.
Ta’kidlanishicha, dron qulagan hududda texnik-kriminal markaz bo‘limi va sud ekspertizasi xodimlari ish olib bormoqda. Ular kompleks tekshiruvlarni amalga oshirayotgani aytildi.
Kishinyov uchuvchisiz uchish apparatlarining aniqlanishida Moskvani aybladi. Moldova Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi Oleg Ozerovga norozilik notasini topshirdi. O‘z navbatida Ozerov dronlar Rossiyaga tegishli ekani tasdiqlanmaganini bildirdi.
Moldova politsiyasi 10 noyabr kuni mamlakat hududiga qulab tushgan ikkita uchuvchisiz uchish apparati topilganini ma’lum qilgandi. Dastlabki ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bu Rossiyada ishlab chiqarilgan, portlovchi qurilmaga ega bo‘lmagan «Shahed» tipidagi dronidir. U RF qo‘shinlari tomonidan Ukrainaga uyushtirilgan hujum doirasida uchirilgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
20:47 / 18.11.2024
Germaniya Ukrainaga sun’iy intellektga ega Helsing dronlarini yetkazib beradi
13:49 / 18.11.2024
Moldovadagi saylovlar: KS shikoyatlar tufayli natijalarni hali tasdiqlamadi
19:12 / 15.11.2024
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
17:28 / 13.11.2024