O‘zbekiston | 15:01 / 13.11.2024
461
1 daqiqa o‘qiladi
Ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlar pasporti tasdiqlanmoqda
Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan quyidagilar tasdiqlanmoqda:
- karantin ostidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomasi, fitosanitariya sertifikati hamda o‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qo‘llash uchun ruxsatnoma pasportlari;
- davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import va O‘zbekiston hududi orqali tranzit qilishda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning pasporti;
- mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomaning pasporti.
Quyidagilar belgilanmoqda:
- karantin ruxsatnomasi va fitosanitariya sertifikatini olish uchun arizalarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi;
- ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarni elektron shaklda berish tartibi.
Mavzuga oid
08:30 / 12.10.2024
Ayrim shaxslarga O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin
14:10 / 02.10.2024
Mehnat organlariga murojaat qilganlardan ortiqcha hujjatlar talab etilishi oldi olinadi
18:21 / 13.08.2024
“Shoh asar” - Kanadaning yangi pasporti dizayni haqida
08:35 / 20.07.2024