Toshkentda ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazishi natijasida ayrim hududlarda gaz ta’minoti to‘xtatildi
Yunusobod tumani 2-dahadagi 47 ta ko‘p qavatli xonadon, 10 ta ulgurji iste’molchi, 3-dahadagi 26 ta ko‘p qavatli xonadon, 12 ta ulgurji iste’molchi va Malikov ko‘chasidagi 40 ta yerli xonadonda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazishi natijasida Yunusobod tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Bugun, 13 noyabr kuni Toshkent shahrida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ekskavator Yunusobod tumani, 2-daha, 40-uy yonidan o‘tgan o‘rta bosimli yerosti gaz quvuriga shikast yetkazishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.
Natijada ushbu dahadagi 47 ta ko‘p qavatli xonadon, 10 ta ulgurji iste’molchi, 3-dahadagi 26 ta ko‘p qavatli xonadon, 12 ta ulgurji iste’molchi va Malikov ko‘chasidagi 40 ta yerli xonadonda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Ayni vaqtda «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali xodimlari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Mavzuga oid
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
08:59 / 21.11.2024
621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
07:30 / 20.11.2024
Qashqadaryo viloyati ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
10:39 / 18.11.2024