O‘zbekiston | 15:00 / 13.11.2024
3894
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xalqaro Gulyash festivali, arzon ovqatlanish va noyob sovg‘alar yurti

Dunyo bo‘ylab turizm post-pandemiya davrida yangi rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Odamlarda hayotdagi odatlarini o‘zgartirib, ko‘proq tabiat, madaniyat va yangicha sharoitlarni his qilishga intilish kuchaydi. Mamlakatlar o‘z turistik jozibasini tarixi, madaniyati, oshxonasi, ekologiyasi, tabiati bilan namoyish etmoqda. Sayohatsevarlar uchun vizasiz mamlakatlar soni anchagina, ammo zabt etilmagan cho‘qqilar har doim qiziq.

Foto: Qanot sharq

Vengriya – gastronomik taassurotlar yurti

Vengriyaliklar o‘z oshxonasi va gastronomik an’analari bilan faxrlanishadi. Vengriya milliy oshxonasi taomlar turfa xilligi bilan Yevropada 3-o‘rinni egallaydi. Bu yerda ziravor va qo‘shimchalarni juda yaxshi ko‘rishadi (birgina paprikaning 7 xili bor, uni mahalliy aholi o‘z yerlari va plantatsiyalarida yetishtiradi).

Eng mashhur milliy taomlar: xolasle (venger baliq sho‘rvasi), bograch

(venger go‘shtli sho‘rvasi), lecho, gulyash, perkelt (juda quyuq gulyash), paprikash (paprika bilan tayyorlangan go‘shtli taom), langosh, palachinta 

alya Gundel (mashhur venger desserti) hisoblanadi. Har bir sayyoh bularni tatib ko‘rishi kerak.

Vengriyada 1999 yildan beri har yili Xalqaro Gulyash festivali o‘tkazib kelinadi. Bayramda mamlakatning eng yaxshi oshpazlari ochiq havoda katta qozonlarda xushbo‘y taomlar tayyorlab mehmonlarga tortiq qilishadi.

Festivalda dunyodagi eng katta gulyash (2,4300 l) tayyorlangan va buning uchun 19 nafar oshpaz va 40 nafar oshpaz yordamchilari 7 soat davomida pishirishgan. Taom uchun 700 kg mol go‘shti, 140 kg piyoz, 8 kg sarimsoq va 130 kg dan ortiq qizil qalampir ishlatilgan.

Bu yerda paprika mamlakatning yana bir gastronomik ramzi hisoblanadi. Vengriyadagi sovg‘alar uchun paprikani mato qoplar va chiroyli forfor idishlarda sotishadi. Paprika yog‘i ham noyob sovg‘a sanaladi. Shuningdek, pishloqlarning noyob turlari, turli mevalardan quritib tayyorlangan shedevr shirinliklar, milliy shirinlik – marsipan tatib ko‘rish va xarid qilishga undaydi.

Davlat poytaxti Budapeshtda ovqatlanish arzon – nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun mablag‘ tejashning hojati yo‘q. Shuning uchun ham sayyohlar bu yerni Yevropaning eng arzon turistik manzili sifatida qayd etishadi.

Budapeshtdan qanday sovg‘alar olish kerak?

Budapeshtda gastronomik sovg‘alar uchun Markaziy bozorga borgan ma’qul. Bu bozor ham shaharning diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanib, 1897 yilda qurilgan. Bu yerda har qanday milliy mahsulotlarni topish mumkin: ayrim sotuvchilar ruscha gaplasha oladi va maslahat beradi.

Yaqinlaringizga sovg‘a tanlashda venger chinnilari, o‘zgarmas yoqimli hidga ega lavanda, mahalliy charm mahsulotlarining keng tanlovi bor. Ayollarga sovg‘a tanlashda umuman qiyinchilik yo‘q. Chunki mamlakatda tabiiy va sifatli kosmetika mahsulotlari ishlab chiqariladi. Vengriya kosmetika brendlarining sifati juda yuqori, shu bilan birga uning narxi ham hamyonbop.

Shuningdek, turistlar Budapeshtdan sovg‘a sifatida Heviz loyini olib kelishni tavsiya qilishadi (dorixonalarda sotiladi). Loy pasta va quruq shaklda sotiladi.

XVII asrda Vengriya Yevropaning atirlar markazi sifatida tanilgan. Yevropa bo‘ylab spirtli asosda ishlab chiqarilgan birinchi atir XIV asrda venger ustasi tomonidan qirolicha Elizabet uchun yaratilgan. Birinchi “Venger suvi” spirt va yangi rozmarindan iborat bo‘lgan. Keyinchalik lavanda, sitrus yog‘lari, myata va shalfey ham qo‘shilgan. Hozirgi kunda mamlakat bu borada yetakchi sanaladi.

Budapeshtga borishning eng maqbul yo‘li...

Ayni paytda o‘zbekistonliklar uchun Budapeshtga yo‘l osonlashgan. Chunki Qanot Sharq aviakompaniyasi ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yganiga ancha bo‘ldi. Parvozning kutishlarsiz amalga oshirilishi yo‘lovchilarga qulaylik yaratadi. Kompaniya o‘z xizmatlarini professional tarzda ado etadi.

2024 yil 31 oktyabrdan haftaning har payshanba kunida yo‘lga qo‘yilgan.

Borish uchun shuncha sabablar bor ekan, demak qadam tashlash pallasi kelgan!

Batafsil ma’lumotlarni aviakompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalaridan olish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−227−93−07. (+998) 71-227-57-71

Sayt: qanotsharq.com

Instagram: @qanotsharq

Telegram: t.me/qanotsharq

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid