BAA bilan mehnat migrantlarini ishga joylashtirish bo‘yicha memorandum imzolanishi mumkin
O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi rahbariyati Birlashgan Arab Amirliklari ADNH rekruting kompaniyasining xodimlar bo‘yicha bosh direktori Vishal Subba bilan muzokara o‘tkazdilar.
Uchrashuv avvalida BAA vakili O‘zbekistonda migratsiya sohasini tartibga solish, mamlakat fuqarolarini qonuniy tarzda xorijiy davlatlarga ishga joylashtirish, chet el kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘nalishidagi ishlar bilan tanishtirildi.
Vishal Subba ADNH kompaniyasi O‘zbekiston tomoni bilan birgalikda ishlashga qiziqish bildirayotganini va yurtimiz mehnat bozori salohiyatidan xabardorligini bildirdi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida ADNH rekruting kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga safarini tashkil etish, uning doirasida mamlakatning tegishli tashkiloti bilan mehnat migrantlarini ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumini kelishish va Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlaridagi monomarkazlar faoliyatini o‘rganish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
13:16 / 18.11.2024
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
14:15 / 12.11.2024
BAA o‘zbekistonlik haydovchilarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
10:50 / 02.11.2024
Rosstat RFdagi migrantlar haqidagi statistikani e’lon qilishni to‘xtatdi
15:31 / 26.10.2024