Buxarestda O‘zbekiston-Ruminiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Ruminiya poytaxtiga tashrif buyurdi.

Foto: "Dunyo" AA
Tashrif doirasida O‘zbekiston-Ruminiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 6-davrasi bo‘lib o‘tdi. Ruminiya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Ana Tinka boshchilik qildi.
Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash uchun tomonlarning yuqori salohiyatini ro‘yobga chiqarishdan tomonlarning manfaatdorligi tasdiqlandi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolar, turli darajadagi qo‘shma tadbirlarning rejasi va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Tashrif doirasida Ruminiya Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti George Sekulich bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tomonlar O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini, jumladan, turli yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali oshirish mexanizmlarini muhokama qildilar.
Bundan tashqari, Ruminiya investitsiyalar va tashqi savdo agentligi vitse-prezidenti Doru Frunzulike bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Unda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan fikr almashildi. Ruminiyaning yetakchi kompaniyalari vakillarining O‘zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.
Mavzuga oid

17:58 / 03.04.2025
Ruminiyada 30 yil davomida oddiy buyum sifatida qarab kelingan tosh 1 mln dollarlik qahrabo bo‘lib chiqdi

18:55 / 02.04.2025
Van Damm Ruminiyada odam savdosiga oid jinoiy ish figurantiga aylandi

23:40 / 08.03.2025
Ruminiyada Georgeskuga prezidentlik saylovida ishtirok etishga ruxsat berildi

11:20 / 08.03.2025