Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
Har yili noyabr va dekabr oylarida Nyu-Dehlida havoning sifati keskin yomonlashadi. Bu poytaxtga yondosh bo‘lgan shtatlarda hosil yig‘ib olinganidan keyin sodir bo‘ladi.
Nyu-Dehlini qoplagan qalin smog tufayli Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportda 200 dan ortiq aviareyslar kechiktirildi.
Qayd etilishicha, shaharda odatda 50 bo‘ladigan havo sifati indeksi (AQI) 400 ga yetib, atmosferadagi infloslanish darajasi «jiddiy» toifaga chiqqan. Ko‘chalarda ko‘ruvchanlik sezilarli darajada pasaygan. Aeroport ma’muriyati yo‘lovchilarni qalin smog tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolardan ogohlantirdi. Hindiston aviakompaniyalari ham uchib kelish va uchib ketish reyslari kechikishi mumkinligini aytmoqda.
Har yili noyabr va dekabr oylarida Nyu-Dehlida havoning sifati keskin yomonlashadi. Bu poytaxtga yondosh bo‘lgan shtatlarda hosil yig‘ib olinganidan keyin sodir bo‘ladi. Fermerlar taqiqlarga qaramay, qurugan xas-xashaklarni yoqib yuboradi. Natijada tutun va kuyundi pastroq hududda joylashgan Nyu-Dehlini qoplaydi. Hind olimlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday havodan nafas olish kuniga 50 dona tamaki chekishdek gap. Tibbiyot xodimlari shahar aholisiga ko‘chalarga chiqmaslik va himoya niqoblaridan foydalanishni tavsiya qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 4 noyabr kuni Hindistonning Dehli shahri dunyoning havosi eng iflos shaharlari reytingida 1-o‘ringa chiqqandi. 2023 yil dekabrda esa Lohur shahrining 10 ta tumanida BAA yordamida bulutlarni to‘yintirish usuli orqali sun’iy yomg‘ir yog‘dirilgan edi.
Mavzuga oid
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
21:39 / 08.11.2024
Pokistonda havo ifloslanishi ortidan bog‘ va muzeylar yopilmoqda
18:36 / 08.11.2024