Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani investitsiyalar bo‘yicha hokim o‘rinbosari Baxtiyor Karimov boshchiligida ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyaning London shahriga biznes-missiyasi tashkil etildi.
Tashrif davomida, O‘zbekiston vakillari Britaniyaning AKS Service, Concrete Canvas, Lemar Food LTD, Trade Development yirik kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazishdi.
Ularda Kitob tumani hududida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, yangi ish joylarni tashkil etish, tibbiy muassasalarni qurish, hududda yetishtirilgan meva va sabzavotlarni Britaniya bozoriga eksport qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvlar natijasida qator kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda
10:39 / 20.05.2025