Pokiston O‘zbekistonda "biotexnologik" dori vositalarini ishlab chiqarishi mumkin
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekistonga biznes missiyasi tashkil etilgan Pokistonning yetakchi kompaniyalari rahbarlari yurtimiz hududlarida yaratilgan ishbilarmonlik muhiti bilan tanishdi.
Xususan, pokistonlik tadbirkorlar Surxondaryo viloyatining Angor, Qiziriq va Sariosiyo tumanlari hamda Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Yakkabog‘, Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlari bo‘lib, o‘zbek tomoni bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Surxondaryoda kechgan uchrashuv chog‘ida Angor, Qiziriq, Sariosiyo tumanlarining salohiyatiga oid taqdimotlar o‘tkazildi. Muzokaralar va V2V formatidagi uchrashuvlar natijasida esa qator kelishuvlarga erishildi.
Pokistonning Getz Pharma kompaniyasi rahbari Xalid Mahmud Sirdaryo va Toshkent viloyatlariga safari davomida O‘zbekistonda tashkil qilgan Novugen Pharma korxonasi faoliyatini kengaytirish va uning negizida "biotexnologik" dori vositalarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishib oldi.
Buxoro viloyatiga uyushtirilgan safar ham Pokiston vakillari uchun samarali bo‘ldi. Jumladan, tekstil, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, logistika markazini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va viloyatga pokistonlik sayyohlar oqimini ko‘paytirish yo‘nalishida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
11:05 / 21.11.2024
Qimmat sotilgan dorilar tufayli iste’molchilarga 7 mlrd so‘m qaytarildi
15:29 / 20.11.2024
O‘zbekiston Pokiston dengiz portlari orqali yangi bozorlarga kirish imkonini o‘rganmoqda
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
20:17 / 13.11.2024