O‘zbekiston | 18:37 / 17.11.2024
5353
1 daqiqa o‘qiladi

Hududlardan saylangan senatorlar e’lon qilindi

MSK qarori bilan hududlardan jami 51 nafar senator ro‘yxatga olindi.

Foto: senat.uz

Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatini (.doc) e’lon qildi.

Hujjatga ko‘ra, hududlardan jami 51 nafar senator, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari 3 nafardan senator saylagan. Yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq, Senat a’zolari 65 nafar bo‘lishi, hududlardan teng miqdorda — 4 nafardan (ilgari — 6 nafardan) saylanishi kerak. MSK senatorlar soni nega kamligiga izoh bermadi.

Markaziy saylov komissiyasining qayd etishicha Senat a’zolarining 56,6 foizi 60 yoshdan kattalarni tashkil etdi. Bir nafari — 30 yosh, 41,6 foizi — 40 yoshdan 60 yoshgacha.

Senatorlar orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ham bor.

Oliy Majlis Senatining birinchi majlisi 19 noyabr kuni chaqiriladi. Qonunchilik palatasining birinchi majlisi 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid