Jamiyat | 08:33
2381
1 daqiqa o‘qiladi
2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
Urganch tumanida 2 milliard so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, “E.K.” MChJga qarashli novvoyxonada hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘l bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasi va davlat manfaatlariga 2 mlrd 92 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid
10:39
Metan zapravkada 10 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:16 / 16.11.2024
5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
08:02 / 16.11.2024
Energiya resurslaridan qarzni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan gazchi va hisobchi ushlandi
18:05 / 15.11.2024