Iqtisodiyot | 13:13
1077
3 daqiqa o‘qiladi

Germaniya O‘zbekistonga 1 mlrd yevrodan ortiq qiymatda mahsulotlar eksport qildi

Germaniyaning eng nufuzli NTV mediakonserni veb-saytida O‘zbekistondagi islohotlarga bag‘ishlangan tahliliy maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

"O‘zbekiston 2016 yildan buyon katta muvaffaqiyat bilan liberallashuv va ochiqlik yo‘lidan bormoqda. Ayniqsa, respublika nemis investorlarini tobora o‘ziga jalb etmoqda. Mamlakatdagi rivojlanish hatto Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsni ham Samarqandga tashrifi chog‘ida hayratga soldi", - deb yozadi maqola muallifi Svetlana Alekseyeva-Kryuger.

Uning fikricha, mamlakat so‘nggi yillarda har qachongidan tez rivojlanayotgan hudud sifatida nom qozonmoqda. Joriy yilning sentabr oyida GFR federal kansleri katta iqtisodiy delegatsiya bilan O‘zbekistonga tashrif buyurdi. "Prezident Shavkat Mirziyoyevning Germaniya yetakchi kompaniyalari va banklari vakillari bilan uchrashuvida kansler Olaf Shols O‘zbekiston Germaniya uchun kelgusida ham eng muhim hamkor bo‘lib qolishini, Samarqanddagi tashrif misolida jadal iqtisodiy taraqqiyotdan ikki tomonlama munosabatlar ham foyda ko‘rishini ta’kidlagan edi", – deyiladi maqolada.

Nemis jurnalisti shunday yozadi: "O‘zbekistonda katta burilishlar davri kechmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida keng qamrovli liberal islohotlarga, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Endilikda, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari S5 formatida muntazam uchrashib turadilar. Shuningdek, S5+1 formatidagi Germaniya, AQSh va boshqa davlatlar bilan sammitlar o‘tkazib kelinmoqda".

Nashrda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan xususiylashtirishga katta e’tibor qaratilayotgani, 1000 ga yaqin ko‘chmas mulk hamda 250 ta yirik korxonalar va banklardagi davlat ulushlarini xususiylashtirish rejasi e’lon qilinganligi ta’kidlangan.

"Xorijiy investorlar va kompaniyalar uchun yaratilgan qulay muhit tufayli nemis kompaniyalarining O‘zbekistonga qiziqishi yildan yilga ortib bormoqda. Birgina 2023 yilning o‘zida Germaniyadan 1 milliard yevrodan ortiq qiymatda mashina va uskunalar, avtomobillar va kimyo mahsulotlari eksport qilingan. O‘zbekistondan Germaniyaga oziq-ovqat va to‘qimachilik mahsulotlari, metall yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan", – deyilgan maqolada

Mavzuga oid