Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
Ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli joriy etilgan cheklovlar vaqtida barcha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.
Mahalliy vaqt bilan soat 17:02 dan boshlab ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, cheklovlar vaqtida barcha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Novosibirsk — Farg‘ona yo‘nalishidagi HY-670 reysi Namangan muqobil aeroportiga yo‘naltirilgan.
Avvalroq Uzbekistan Airports joriy yil 9 oyida mamlakat xalqaro aeroportlari tomonidan 82 637 ta reysga xizmat ko‘rsatilgani to‘g‘risida xabar bergandi. Shundan 4 092 ta reys Farg‘ona xalqaro aeroporti hisobiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
13:36 / 03.05.2025