Jahon | 00:41
2255
2 daqiqa o‘qiladi

Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi

Dastlabki tergov bilan shug‘ullangan Irlandiya prokuraturasi Makgregorga ayblov e’lon qilmaslikka qaror qilgan, chunki unga nisbatan jinoyat ishi ochish uchun yetarlicha dalillar topilmagan. 

Foto: AP Photo

Irlandiyada sud hay’ati sobiq MMA jangchisi Konor Makgregorni 2018 yilda ayol kishini jinsiy zo‘rlaganlik ishida aybdor deb topdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Sud qaroriga ko‘ra, Makgregor jabrlanuvchiga 250 ming yevro to‘lashi kerak bo‘ladi. Mazkur ish jinoiy tartibda emas, balki fuqarolik sudi doirasida ko‘rib chiqilgan — bu Makgregorga qamoq jazosi tahdid solmaganini bildiradi.

Dastlabki tergov bilan shug‘ullangan Irlandiya prokuraturasi Makgregorga ayblov e’lon qilmaslikka qaror qilgan, chunki unga nisbatan jinoyat ishi ochish uchun yetarlicha dalillar topilmagan. Anglo-sakson huquq tizimiga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi Irlandiyada fuqarolik protsessida ham qaror chiqarish uchun talab etiladigan dalillar standarti pastroq.

Qayd etilishicha, mazkur voqea 2018 yil dekabrda sodir bo‘lgan. Ayolning versiyasiga ko‘ra, Makgregor Dublindagi Beacon mehmonxonasida uni zo‘rlagan va kaltaklagan. Ekspertizada ayolda ko‘karish va shilinish izlarini aniqlagan.

Makgregor o‘zining aybsiz ekanini ta’kidlagan. Sobiq MMA jangchisining aytishicha, ayol bilan o‘rtasidagi munosabatlar uning roziligi bilan sodir bo‘lgan.

Mavzuga oid