Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Rossiyaning "Texnopan" MChJ bosh direktori Yevgeniy Vaulin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida mazkur kompaniyaning O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Rossiyada o‘zbekistonlik mutaxassislarni ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Yevgeniy Vaulin ta’kidiga ko‘ra, kompaniya rejalarida o‘zbekistonlik potensial hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazish, jumladan, "Texnopan" brendi ostida sendvich-panellar ishlab chiqarishni bevosita O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish masalasi ham bor.
"Texnopan" MChJ rahbari ishlab chiqarish jarayonlariga o‘zbek mutaxassislarini – oddiy ishchilardan tortib muhandislargacha jalb etishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
"Bugungi kunda kompaniyaning Novosibirsk shahridagi korxonalarida yuqori kasbiy fazilatlarga va yuksak obro‘-e’tiborga ega 20 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari faoliyat yuritmoqda", - dedi u.
Mavzuga oid
15:56
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qurilish sohasida ishga olmoqchi
14:15
«PostRossiya davlatlari forumi» RFda terroristik deb tan olindi
09:59
Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
23:22 / 22.11.2024