Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
O‘zbekiston elchixonasi rahbariyati Ummonning Janubiy ash-Sharqiya muhofazasi (viloyati) hokimi Yah’yo bin Badr al-Mavali bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Ummon munosabatlarining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Janubiy ash-Sharqiya muhofazasi hokimiga Sirdaryo viloyati bilan hududlararo aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ushbu masalalarni muhokama qilish maqsadida muhofaza delegatsiyasining yurtimizga tashrifini uyushtirish, ikki viloyat tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish taklifi bildirildi.
Hokim Yah’yo bin Badr al-Mavali bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlashini va mamlakatlarimiz o‘rtasida rivojlanib borayotgan aloqalarga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini bildirdi. U, shuningdek, O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilish imkoniyatlari mavjudligini ham ta’kidladi.
O‘zbekiston diplomatlari, shuningdek, Ummon Savdo-sanoat palatasining Janubiy ash-Sharqiya muhofazasi boshqarmasi rahbari Anvar as-Sananiy va hudud tadbirkorlari bilan uchrashdilar. Unda O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit va investorlarga berilayotgan imkoniyatlar, mamlakatimizga sarmoya kiritishning afzalliklari borasida atroflicha ma’lumot berildi. Ummonlik tadbirkorlar O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishga chaqirildilar.
Muloqot yakunida joriy yilda Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston-Ummon biznes-forumini o‘tkazish yuzasidan ahdlashib olindi.
Mavzuga oid
14:59
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ta’limi sohasiga Belgiya tajribasi joriy etiladi
15:45 / 21.11.2024
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
11:37 / 20.11.2024