Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada 13 yil qamoqda o‘tirib, aybsiz deb topilgan erkak 750 ming yevro kompensatsiya talab qilmoqda
2010 yilda Myunxen okrug sudi Manfred Genditskiyni keksa ayolni o‘ldirganlikda aybdor deb topib, uni umrbod qamoq jazosiga hukm etgandi.
Manfred Genditskiy Bavariya federal yerlari hukumatidan moddiy zararni qoplash evaziga 750 ming yevro kompensatsiya talab qildi. 2022 yilda u qotillik ishi bo‘yicha 13,5 yillik qamoqdan keyin oqlangan va unga 368 ming yevro kompensatsiya to‘langan edi.
2010 yilda Myunxen okrug sudi Manfred Genditskiyni keksa ayolni o‘ldirganlik aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm etgandi. U vafot etgan ayol yashagan uyda boshqaruvchi bo‘lib ishlagan.
Sud hay’ati ayblov tomoni ta’kidlaganidek, Manfred ayolni urib, vannada cho‘ktirgan deb topgan. Keyinroq ekspertlar ayol baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘lganini aniqlagan.
2022 yilda Manfred Genditskiy ozod etilgan va qamoqda o‘tirgan 4916 kunining har biriga 75 yevrodan kompensatsiya hisoblanib, pul to‘langan. Ammo erkak ushbu mablag‘lar yetkazilgan zararni qoplash uchun yetarli emas deya hisoblamoqda.
Avvalroq 52 yoshli amerikalik Kristofer Dann 34 yil qamoqda o‘tirgach ozod etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Undan oldinroq esa Missuri shtatida 64 yoshli Sandra Xemm aybsiz deb topilgan edi. U 43 yil umrini panjara ortida o‘tkazgan. Shtat bosh prokurori bu vaziyatda ham uning ozodlikka chiqishiga to‘sqinlik qilishga uringan, ammo natija bo‘lmagan.
Mavzuga oid
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi
09:10 / 24.02.2025