Jahon | 16:04
1666
2 daqiqa o‘qiladi

Kursk sudi UQK safida jang qilgan britaniyalikni hibsga oldi

Kursk oblastida rus askarlari tomonidan asirga tushirilgan britaniyalik Jyeyms Anderson hibsga olindi. U terakt va yollanma harakatni sodir etishda gumon qilinmoqda.

Foto: AP

Kurskning Lenin rayon sudi Rossiya davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan va Ukraina Qurolli kuchlari tarkibida Kursk oblastidagi jangovar harakatlarda ishtirok etganlikda ayblanayotgan Buyuk Britaniya fuqarosi Jyeyms Skott Ris Andersonni hibsga oldi. Bu haqda 26 noyabr, seshanba kuni mintaqa sud tizimi qo‘shma matbuot xizmati xabar berdi. Sud majlisi 25 noyabr kuni yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining aniqlik kiritishicha, Andersonga nisbatan terrorchilik harakati va yollanma harakat moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Unga ko‘ra, Buyuk Britaniya fuqarosi va «yollanma guruhlarning boshqa vakillari» 2024 yil noyabr oyi o‘rtalarida Kursk oblasti hududiga bostirib kirgan va u yerda «aholini qo‘rqitish, katta miqdorda mulkiy zarar yetkazish va hokimiyat faoliyatini beqarorlashtirish maqsadini ko‘zlagan».

Jyeyms Andersonning Kursk oblastida ushlanishi

Rossiya davlat agentligi TASS 24 noyabr kuni xavfsizlik kuchlaridagi manbalarga tayanib, rus qo‘shinlari Buyuk Britaniyadan kelgan «yollanma askarni» Kursk oblastida qo‘lga olgani haqida xabar berdi. Rossiya Telegram-kanallarida Jyeyms Andersonning so‘roq qilinishi aks etgan video e’lon qilindi. U yerda erkakning aytishicha, 2019 yildan 2023 yilgacha Britaniya armiyasining aloqa polkida xizmat qilgan va u yerni tark etgach, «moliyaviy va oila bilan bog‘liq muammolar tufayli» Ukraina xorijiy legioniga qo‘shilgan.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi 25 noyabr kuni London «ushbu voqea haqida xabardor qilingani» va «Britaniya fuqarosiga har tomonlama yordam berishini» aytdi.

Mavzuga oid