Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘lov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi
U savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyat turini tasniflaydi.
Markaziy bank boshqaruvining «O‘zbekiston hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.
Nizom «MCC-kod» tushunchasi bilan to‘ldirilmoqda. U savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyat turini tasniflaydi.
Banklar to‘lov terminallarini texnik jihatdan mijozga biriktirish paytida uning faoliyati turidan kelib chiqib MCC-kodlarini, terminal va to‘lov turi, mijozning identifikatsiya ma’lumotlari va to‘lov tizimi operatori qoidalarida belgilangan tegishli ma’lumotlarni bank axborot bazasiga kiritishi lozim.
Bunda mijozning faoliyat turi va tegishli ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, mijoz 3 bank ish kunida xizmat ko‘rsatuvchi bankiga tegishli ma’lumotni taqdim etadi va bank tomonidan 1 ish kuni mobaynida mijozga biriktirilgan terminal ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Mavzuga oid
19:14 / 17.04.2025
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi
11:30 / 08.04.2025
Raqobat qo‘mitasi avtoturargohlardagi noqonuniy to‘lovlar haqida xabar berishga chaqirdi
15:36 / 20.03.2025
21−22 mart kunlari elektr energiyasi uchun onlayn to‘lov qilishda uzilishlar bo‘ladi
11:00 / 18.01.2025