O‘zbekiston | 17:28 / 27.11.2024
841
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi maslahatlashuvlar birinchi davrasi o‘tkaziladi

2025 yilda Toshkentda O‘zbekiston va Polsha TIV konsullik departamentlari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning birinchi davrasi o‘tkaziladi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston elchixonasi rahbariyati Polsha Tashqi ishlar vazirligi Konsullik departamenti direktori Yustina Xshanovska bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida konsullik-huquqiy sohada ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekistonlik abituriyentlarning Polshada tahsil olish uchun vizalarni olish jarayonida kuzatilayotgan muammolar, hujjatlarning nostrifikatsiyasi va Polshada vaqtincha istiqomat qilayotgan yurtdoshlarga huquqiy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar 2025 yilda Toshkentda ikki mamlakat TIV konsullik departamentlari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning birinchi davrasini o‘tkazish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid