Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch hududda “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Navoiy viloyati, Andijon viloyatining Shahrixon hamda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanlarida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qilishicha, Navoiy viloyatida fuqaro B.N. fuqaro M.J.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali 1 000 dollar evaziga “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytgan. So‘ng 700 dollar va 4 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Shahrixon tumanida “Vatanparvar” tashkilotining Andijon tumani klubi o‘rgatuvchi ustasi M.O. va “M.” MChJ avtomaktabi o‘rgatuvchi ustasi D.P. fuqaro G.A.ga haydovchilik kursini o‘qigani to‘g‘risida hujjat rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga 4,5 mln so‘m pulni olgan vaqtida ushlangan.
Bundan tashqari, Dehqonobod tumanida fuqaro L.R. fuqaro S.U.ga “Vatanparvar” tashkilotida ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik kursida o‘qigani haqida tegishli hujjat rasmiylashtirib berishni aytgan. U 7,8 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi
16:57 / 05.05.2025
Toshkentda xavfli retsidivist odamlarni qariyb 20 mlrd so‘mga chuv tushirdi
20:43 / 30.04.2025