O‘zbekiston | 17:35
4226
4 daqiqa o‘qiladi

Zo‘ravonlikning so‘zsiz ifodasi – Toshkentda o‘tayotgan “NeUyat” ko‘rgazmasidan reportaj

10 dan ortiq ijodkor ayol-qizlarning ishlari “NeUyat” ekspozitsiyasida namoyish qilinyapti. Ularning videorolik, rasm va installyatsiyalarida zo‘ravonlikka uchragan ayollar sukut saqlamasligi kerakligi tasvirlangan.

Toshkent shahridagi 139 Documentary Center’da “NeUyat” ekspozitsiyalari namoyishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 10 dan ortiq ijodkorlarning video, rasm va installyatsiyalari namoyish qilinyapti. Ular orasida intallyatsiyalar alohida o‘rin egallaydi. Ko‘rgazma Nemolchi.uz loyihasi tomonidan tashkil qilingan va u 14 dekabrgacha davom etadi.

“Femitsidga bag‘ishlangan matoli installyatsiya ”. Anna Ivanova

Masalan, Anna Ivanova ““Femitsidga bag‘ishlangan matoli installyatsiya” asarida matodan tikilgan 179 qo‘g‘irchoq aks etgan. BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu O‘zbekistonda 2021 yilda o‘ldirilgan 179 nafar xotin-qizlarning o‘ldirilishi bilan bog‘liq jinoyatlarga atab tayyorlangan.

Mastura Hamro tayyorlagan

Xuddi shunday installyatsiyalardan yana biri Mastura Hamroning qizil chiziqli ijodiy ishi. Ijodkor unda O‘zbekistonda 2015 yildan 2021 yilgacha yuz bergan femitsidlar statistikasini ko‘rsatishga urg‘u bergan.

“Zo‘ravonlik zo‘ravonlikni keltirib chiqaradi”. Nigina Gayduk

Yana bir muhim installyatsiya Nigina Gaydukning “Zo‘ravonlik zo‘ravonlikni keltirib chiqaradi” asari. Unda zo‘ravonlikka uchragan ayol o‘z hayotida ham buni takrorlashi mumkinligini eslatmoqchi bo‘lgan.

“Bolalikning so‘nggi kuni”. Katerina Slapoguzova

Ekspozitsiyada Katerina Slapoguzovaning intallyatsiyasi ham namoyish etilyapti. Burchakda qizning xonasi va uning xotiralarini eslatuvchi detallar joylashtirilgan.

“Ba’zan men to‘kilaman”. Sofiya Seytxalil

Shuningdek, ko‘rgazmada Sofiya Seytxalilning “Ba’zan men to‘kilaman” deb nomlangan videoroligini ham tomosha qilishingiz mumkin. Rolik zo‘ravonlikka uchragan 10 qizning hikoyalari asosida tayyorlangan.

“Xaritada yo‘q joylar”. Zilola Qahramonova

Yana bir e’tiborni tortadigan g‘oyalardan biri Zilola Qahramonovaning “Xaritada yo‘q joylar” materiali. Devorga Toshkent shahri xaritasi joylashtirilgan. Ko‘rgazmaga keluvchilar zo‘ravonlikka qarshi tavsiya, xotiralarini yozib qoldirishadi.

Ekspozitsiyada yana bir qancha bir-birini takrorlamaydigan ishlar bilan tanishishingiz mumkin.

“Muhabbat manifesti”. Sharifa Sharafxo‘jayeva

“Shohmaron”. Oyjon Xayrullayeva

“Shayton” Oyjon Xayrullayeva
“Opa. Qiz. Ona”. Darya Kanti
“So‘zana uchun yangi naqsh. Ayollar hikoyalari”. Anna Ivanova

Ma’lumot uchun ko‘rgazmaga seshanbadan yakshanbagacha 11:00-19:00 da borish mumkin. Unga kirish bepul. 29 noyabr kuni 19:00 da Tillaniso Nuryog‘dining “Feminizm va o‘zbek shoiralari”, 7 dekabr 18:30 da esa “O‘zbek romanida ayol qalami” mavzusida ma’ruzasi bo‘ladi. 10 dekabr 19:00 da esa Nigina Xudaybergenovaning “2023 yilda O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha jinoiy ishlar: tizimli muammolar va tavsiyalar” tadqiqoti taqdimoti o‘tkaziladi.

Manzil: 139 Documentary Center galereyasi, Taras Shevchenko ko‘chasi, 8 (mo‘ljal — Patriki qahvaxonasi).

Zuhra Abduhalimova tayyorladi.

Mavzuga oid