Finlandiya Ukraina uchun dronlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Finlandiyaning Summa Defence mudofaa sanoati guruhi ukrainalik hamkorlar bilan birgalikda Ukraina va NATO Qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun uchuvchisiz uchoqlar ishlab chiqaradigan zavod ochadi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati. Ishlab chiqarishni 2025 yilda boshlash rejalashtirilgan.
Summa Defence mudofaa sanoati kompaniyasi Finlandiyada Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) va NATO ehtiyojlari uchun uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) ishlab chiqaradigan zavod ochmoqchi. «Zavodning maqsadi Ukrainadagi janglarda qo‘llanadigan dronlarning ishlab chiqarish quvvatini tez sur’atda oshirish, shu bilan birga, Finlandiya va Yevropada dronlarning sanoat ishlab chiqarishini yaratishdir», — deyiladi kompaniyaning 28 noyabr, payshanba kuni matbuot xabarida.
Summa Defence bosh direktori Yussi Xolopaynen Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushi tufayli dronlarni yaratish uchun ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga shoshilinch ehtiyoj borligini aytdi. «Dronlar nafaqat Ukrainaga, balki Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ham yetkazib beriladi va dronlar jamiyatning ajralmas qismiga aylanadi, fuqarolik xavfsizligi, mudofaa va boshqa sohalarda muhim vazifalarni himoya qilishni ta’minlaydi», deya kompaniya matbuot xizmati uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda. Dronlarni keng miqyosda ishlab chiqarishni boshlash 2025 yil boshiga rejalashtirilgan, deya aniqlik kiritdi Xolopaynen.
Summa Defence ukrainalik hamkorlar bilan birgalikda Finlandiyada korxona ochadigan Summa Drones shu’ba korxonasini yaratishi kutilmoqda. Kelgusida Summa Drones nafaqat UUA, balki quruqlikdagi va dengizdagi dronlarni ham ishlab chiqaradi, deya tushuntirdi matbuot xizmati va Summa Defence hozirda xavfsizlik va mudofaa texnologiyalari sohasida bir nechta kompaniyalarni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni yakunlayotganini ta’kidladi.
Finlandiyadan RFga alyuminiy eksporti yil davomida ikki baravar oshdi
2024 yilning to‘qqiz oyida Finlandiya Rossiyaga o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p alyuminiy eksport qildi. Bu haqda 24 noyabr kuni Finlandiyaning Yle telekanali statistik ma’lumotlarga tayanib xabar berdi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda Finlandiya alyuminiy importi hajmi 22,3 million yevroni tashkil etgan, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan roppa-rosa 11 million yevroga ko‘pdir.
Fin bojxona xizmati statistika bo‘limi boshlig‘i Olli-Pekka Penttilyaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiyaga alyuminiy sotishda aniq o‘sish kuzatilmoqda va amalda eksportning butun o‘sishi alyuminiy eksporti o‘sishi bilan izohlanadi. Ushbu turdagi mahsulot Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagan. Penttilyaning so‘zlariga ko‘ra, alyuminiy Finlandiyadan Rossiya Federatsiyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri dengiz orqali eksport qilinadi yoki »Boltiqbo‘yi mamlakatlari orqali» qayta ishlanadi.
Mavzuga oid
15:46 / 25.11.2024
Rossiya MV 30 dan ortiq Ukraina droni yo‘q qilinganini bildirdi
13:27 / 25.11.2024
Finlandiyadan RFga alyuminiy eksporti yil davomida ikki baravar oshdi
09:53 / 20.11.2024
Voronej yaqinidagi sanoat korxonasiga dronlar hujum qildi
14:29 / 13.11.2024