O‘zbekiston va Pokiston tarixiy transport muzeyini barpo etishga tayyorgarlik ko‘ryapti
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning TCS transport-logistika kompaniyasi rahbari Xalid Avan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning logistik imkoniyatlaridan unumli foydalanish, yangi infratuzilma obektlarini barpo etish, yuklarni yetkazib berishning samarali yo‘nalishlarini shakllantirish, sohadagi hamkorlik jarayonlariga xorijiy sheriklarni jalb qilish shartlari muhokama qilindi.
Pokiston vakili Markaziy va Janubiy Osiyo yo‘nalishidagi transport-logistika operatsiyalarini kengaytirishning yangi mexanizmlari, mamlakatning "Karachi", "Gvadar" va "Qosim" portlari hamda O‘zbekiston hududlari o‘rtasida yuklarni tashish bo‘yicha integratsiyalashgan logistika yechimlari ustida ishlayotganini ma’lum qildi va ushbu jarayonga xorijlik sheriklarini jalb etish taklifini ilgari surdi.
Uchrashuvda integratsiyalashgan logistika yechimlari mavjud infratuzilma obektlarini modernizatsiya qilish va yangilarini barpo etishni moliyalashtirish, logistika boshqaruvi jarayonlarini raqamlashtirishga investitsiya kiritishni ko‘zda tutishi ta’kidlandi.
Shuningdek, TCS rahbari ijtimoiy-madaniy aloqalarni chuqurlashtirish maqsadida O‘zbekiston va Pokistonda yagona loyiha asosida tarixiy transport muzeyini barpo etishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
21:14 / 29.11.2024
Toshkent va Lohur o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
15:33 / 29.11.2024
O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro eksport nomenklaturasiga yangi mahsulotlarni qo‘shadi
07:32 / 28.11.2024
Toshkentda jamoat transporti ishi 24 soatlik rejimga o‘tkazilishi mumkin
19:04 / 26.11.2024