O‘zbekiston | 08:10
14228
1 daqiqa o‘qiladi

Koreyaga ishlash uchun borgan ikki o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketdi

11 noyabr kuni Ye-9 ishchi vizasi orqali Koreyaga ishlashga borgan ikki nafar o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketgan. 

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 11 noyabr kuni Ye-9 ishchi vizasi orqali Koreyaga 100 nafar o‘zbekistonlik jo‘nab ketgandi. Ularning orasidan ikki nafari (Samarqand va Jizzax viloyatlaridan) oradan 3-4 kun o‘tganidan so‘ng o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketgani oydinlashdi.

Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, shartnoma shartlarini qo‘pol tarzda buzgan ikki huquqbuzarning mahallalariga mas’ullar borgan va ularning ota-onalari, mahalla ahli ishtirokida holat muhokama qilingan. Hozirda ularga jarima qo‘llash va kerak bo‘lsa, O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. 

O‘zbekiston fuqarolari Koreyada ish joyini sababsiz tashlab ketsa, oradan o‘tadigan har bir oy uchun kafillikka olgan qarindoshiga 2000 dollar jarima qo‘llanishiga asos bo‘ladi.

Mavzuga oid