Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada suv toshqinlari 120 mingdan ortiq odamni o‘z uylarini tark etishga majbur qildi
Mamlakat bo‘ylab qutqaruv xizmatlarining minglab xodimlari jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga jalb qilingan bo‘lib, hozirda 679 ta vaqtinchalik boshpana tashkil etilgan.
Malayziyada kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari sabab butun mamlakat bo‘ylab 122 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Shuningdek, tabiiy ofat oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi BBC.
Qutqaruv xizmatlari qurbonlar soni oshishi mumkinligidan ogohlantirmoqda, chunki kuchli yog‘ingarchilik va to‘fonlar to‘g‘risidagi ogohlantirish hamon o‘z kuchida saqlanib turibdi.
Qayd etilishicha, qutqaruv xizmatlarining minglab xodimlari jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga jalb qilingan bo‘lib, hozirda 679 ta vaqtinchalik boshpana tashkil etilgan. Internetda tarqaldan videolardan ko‘rish mumkinki, uylar va avtomobillarni suv bosgan, mahalliy aholi esa beligacha suvga botib harakatlanishga majbur bo‘lmoqda. Ayni vaqtga qadar evakuatsiya qilinganlar soni 2014 yili yuz bergan tabiiy ofatdagi ko‘rsatkichdan oshmoqda, o‘shanda mamlakatdagi eng kuchli suv toshqinlaridan biri sodir bo‘lgandi.
Hafta boshida boshlangan suv toshqinlari asosan Tailand bilan chegarada joylashgan Kelantan shtatiga zarar yetkazgan. Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish bo‘yicha milliy agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, evakuatsiya qilinganlarning 63 foizi mazkur shtat hisobiga to‘g‘ri keladi.
Mamlakat bosh vaziri yuzaga kelgan inqirozli vaziyat tufayli o‘z kabineti a’zolariga ta’tilga chiqishni taqiqlab, ularga bor e’tiborini suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etishga qaratishni buyurdi.
Shu bilan birga, qo‘shni Tailandning oltita provinsiyasida suv toshqinlari tufayli favqulodda holat e’lon qilingan — u yerda 240 mingdan ortiq uy xo‘jaliklari tabiiy ofatdan jabr ko‘rgani aytilmoqda. Odamlarni qutqarish uchun armiya bo‘linmalari jalb etilgan.
Mavzuga oid
23:51 / 19.05.2025
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025