Yana bir guvohnoma YaIDXP va "Lisenziya" tizimi orqali beriladigan bo‘ldi
YaIDXP va "Lisenziya" axborot tizimi orqali guvohnoma olish mexanizmlari joriy etilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining "Maxcyc elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish sohasidagi qonunchilik hujjatlari tizimlashtirilishi munosabati bilan “Xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Avtotransport vositasiga bojxona plombalari va muhrlari ostida yuklarni xalqaro tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnomani berish, amal qilishini tugatish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish jarayonlariga oid axborot tizimi ishga tushirilishi munosabati bilan guvohnomaning qog‘oz nusxasini talab qilish qoidasi bekor qilinmoqda.
Shuningdek, YaIDXP va "Lisenziya" axborot tizimi orqali guvohnoma olish mexanizmlari joriy etilmoqda.
Hujjat bilan guvohnomani berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti va tegishli xizmat pasporti tasdiqlangan.
Mavzuga oid

11:15 / 19.04.2025
Xorijiy fuqarolarga to‘lov evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda beriladi

16:16 / 15.02.2025
Avtomobilga gaz uskunasini o‘rnatish uchun ruxsatnomani endi onlayn olish mumkin

12:02 / 22.11.2024
Xorijdagi vatandoshlarga minnatdorchilik belgisi – O‘zbekistonda «Vatandosh» kartasi joriy qilindi

13:40 / 25.06.2024