Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoydagi chip ishlab chiqaruvchilariga qarshi yangi cheklovlarni joriy etadi
Ko‘rilayotgan yangi choralar Malayziya, Singapur, Isroil va Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ham taalluqli. Cheklovlar Xitoy yangi turdagi chiplardan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlar doirasida joriy etilmoqda.
AQSh Xitoyning 140 kompaniyasiga, jumladan, chip ishlab chiqaruvchilariga yarimo‘tkazgich mikrosxemalar yetkazib berish borasidagi cheklovlarning uchinchi to‘lqinini joriy qilmoqchi, deb xabar beradi Reuters.
Qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar Xitoyning 20 ga yaqin mikrosxema ishlab chiqaruvchilari, ikkita investitsiya kompaniyasi va yarimo‘tkazgich sanoati uchun 100 dan ortiq uskunalar ishlab chiqaruvchilarga tegishli litsenziyasiz Amerika mahsulotlarini yetkazib berishni taqiqlashni o‘z ichiga oladi.
Ta’kidlanishicha, cheklovlar Xitoyning eng yirik chip ishlab chiqaruvchilari — Naura Technology Group, Piotech va SiCarrier Technology kompaniyalariga ham taalluqlidir.
Bundan tashqari, AQSh 2020 yilda «qora ro‘yxat»ga kiritilgan Xitoydagi eng yirik mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi Semiconductor Manufacturing International kompaniyasiga o‘z mahsulotlari sotilishi bo‘yicha qo‘shimcha cheklovlarni joriy etishni rejalashtirmoqda.
Ko‘rilayotgan yangi choralar Malayziya, Singapur, Isroil va Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ham taalluqli. Ayni vaqtda Niderlandiya va Yaponiya uchun istisnolar mavjud, ular AQSh bilan bir qatorda mikrosxemalar tayyorlash uchun uskunalar ishlab chiqaruvchilar orasida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Cheklovlar Bayden administratsiyasining Xitoy yangi turdagi chiplardan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlari doirasida joriy etilmoqda. Bu orqali XXRning harbiy sohada sun’iy intellektni rivojlantirish imkoniyatlariga qarshilik ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025