Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada o‘qimoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik abituriyentlarga yengilliklar yaratilishi mumkin
Abituriyentlarning hujjatlarini nostrifikatsiya qilish va qonuniylashtirish tartibi ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekiston elchixonasi rahbariyati Polsha Xalq ta’limi vazirligining Mazoviya voyevodligi bo‘yicha ta’lim Kengashi rahbari Violetta Kshijanovskaya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Polshada o‘qish istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik abituriyentlarning hujjatlarini nostrifikatsiya qilish va qonuniylashtirish tartibi xususida fikr almashildi.
Polsha tomoniga O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturning mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berildi.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025