Afg‘onistonda TAPI gaz quvuri qurilishi boshlandi
«Turkmaniston - Afg‘oniston - Pokiston - Hindiston» gaz quvurining uzunligi 1840 km bo‘ladi. Loyiha turkman gazini Afg‘oniston orqali Pokiston va Hindiston bozorlariga yetkazilishini nazarda tutadi.
Afg‘onistonda «Turkmaniston – Afg‘oniston – Pokiston – Hindiston» (TAPI) gaz quvuri qurilishi boshlandi. Bu haqda «Tolibon» rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi, deb xabar berdi ArianaNews.
Mujohid so‘zlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnik jihozlar Afg‘oniston va Turkmaniston o‘rtasidagi chegara zonasiga yetkazilgan va amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
«Ushbu loyihaning turli bo‘limlari ustida ko‘plab mutaxassislar ishlamoqda, uning birinchi bosqichi yaqin ikki yilda yakunlanadi», dedi Mujohid.
Mutaxassislarning fikricha, TAPI mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Xususan, uning qurilishi tugallangach, 12 ming kishi ish bilan ta’minlanadi, mamlakatning yillik daromadi 1 milliard dollarga oshadi.
TAPI - «Turkmaniston — Afg‘oniston — Pokiston — Hindiston» gaz quvurini qurish loyihasi. Uning uzunligi 1840 km bo‘ladi. Loyiha turkman gazini Afg‘oniston orqali Pokiston va Hindiston bozorlariga yetkazilishini nazarda tutadi. Turkmaniston hududida 214 km uzunlikdagi uchastkaning qurilishi allaqachon yakunlangan. Keyingi vazifa Afg‘oniston orqali quvurlarni yotqizishdir. Loyihaning umumiy qiymati 10 milliard dollarga baholanmoqda.
Mavzuga oid
07:30 / 29.11.2024
O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi
16:08 / 28.11.2024
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradi - Putin
18:44 / 23.11.2024
Yevropa yangi energetika inqiroziga duch kelmoqda - Bloomberg
18:39 / 20.11.2024