Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
AQSh bo‘lajak prezidenti agar BRICS a’zolari dollarga muqobil valutani yaratsa, 100 foizlik bojlar bilan tahdid qilgan edi.
Xitoy BRICS doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashda davom etadi, dedi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi vakili Lin Tszyan brifingda Donald Trampning tahdidlarini izohlar ekan.
Avvalroq, Tramp BRICS mamlakatlariga tahdid qilib: «Biz bu mamlakatlardan yangi BRICS valutasini yaratmaslik yoki qudratli AQSh dollari o‘rnini bosuvchi boshqa valutani qo‘llab-quvvatlamaslik majburiyatini talab qilamiz, aks holda ular 100 foizlik tariflarga duch keladi», degan edi.
«Xitoy turli sohalarda ishbilarmonlik hamkorligini chuqurlashtirish va jahon iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga ko‘proq hissa qo‘shish uchun BRICS bo‘yicha hamkorlar bilan ishlashni davom ettirishga tayyor», dedi Lin Tszyan jurnalistlarga.
U BRICS mamlakatlari ochiqlik, inklyuzivlik, o‘zaro manfaatli hamkorlik tarafdori ekanini, bloklar qarama-qarshiligida qatnashmasligi va uchinchi tomonlarni nishonga olmasligini ta’kidladi.
Shu yilning oktyabr oyida Qozonda bo‘lib o‘tgan sammitda BRICS a’zolari umumiy valutaga o‘tish imkoniyatlarini muhokama qildi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov. «Bu yopiq masaladir, ba’zi hamkasblarimiz bu masalalarni ochiq muhokama qilishda juda ehtiyotkor bo‘lishadi», dedi u.
BRICS mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar uchun yagona valuta yaratish g‘oyasi e’tiborga loyiq, ammo loyihani amalga oshirish qiyin, dedi Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina 2023 yil iyul oyida. «Bu ko‘plab tomonlarning roziligini talab qiladi, bu oson loyiha emas», dedi Nabiullina.
Hozir BRICS 10 ta davlatdan iborat: Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Saudiya Arabistoni, BAA, Misr, Eron va Efiopiya.
Mavzuga oid
17:43 / 03.12.2024
AQSh kongressmenlari koronavirus laboratoriyada yaratilganiga beshta dalil keltirdi
17:31 / 03.12.2024
«Boshqa ahmoq toping» – Tramp BRICS davlatlariga tahdid qildi
17:28 / 03.12.2024
Xitoyda ulkan aylanma radioteleskop qurilishi boshlandi
15:25 / 03.12.2024