Gurjiston politsiyasi muxolifat partiyalarining ofislarida tintuv o‘tkazdi
Mahalliy OAV «O‘zgarishlar koalitsiyasi» partiyasi yetakchilaridan biri Nika Gvaramiya qo‘lga olingani va kaltaklangani haqida yozmoqda.
Gurjistonda politsiya muxolifat partiyalarining ofislarida tintuv o‘tkazmoqda, deb xabar beradi Mtavari telekanali. Shuningdek, norozilik aksiyasi ishtirokchilari va tashkilotchilari ma’lumot almashadigan Facebookʼdagi «Daitove» guruhi administratorlarining uylarida ham tintuv o‘tkazilgani aytilmoqda.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya «O‘zgarishlar koalitsiyasi», «Droa» va «Girchi — ko‘proq ozodlik» partiyalarining ofislari, shuningdek, sobiq prezident Mixail Saakashvili tomonidan tuzilgan «Yagona milliy harakat» partiyasi shtablaridan birini ko‘zdan kechirgan.
Tintuvlardan keyin Mtavari asoschisi va «O‘zgarishlar uchun koalitsiya» yetakchilaridan Nika Gvaramiya hamda Gela Xasaya qo‘lga olingan. Mahalliy nashrlarning ma’lum qilishicha, Gvaramiya qo‘lga olinish vaqtida kaltaklangan.
Tbilisida ketma-ket besh kundan beri hukumatning Gurjiston Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni muzlatib qo‘ygani bois norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Politsiya va maxsus xizmat kuchlari aksiyani «vodomyot» va ko‘zni yoshlantiruvchi gazlar yordamida tarqatmoqda. Hozirga qadar namoyishlarda ishtirok etgan 200 dan ortiq inson qo‘lga olingan.
«Exo Kavkaza» internet nashri xabariga ko‘ra, hukumatga qarshi namoyishlar nafaqat poytaxtda, balki Gurjistonning boshqa shaharlarida ham bo‘lib o‘tmoqda. «Mediazona» Batumi va Kutaisidagi namoyishlar haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
09:10 / 04.12.2024
Gurjistonda politsiya parlament binosi yaqinida namoyishchilarni tarqatmoqda
18:43 / 03.12.2024
Gurjiston Konstitutsiyaviy sudi prezidentning parlament saylovi natijalarini bekor qilish haqidagi da’vosini rad etdi
18:09 / 03.12.2024
Abxaziya parlamenti Rossiya bilan investitsiya kelishuvini ma’qullamadi
09:06 / 03.12.2024