O‘zbekistonda Qohira universiteti filiali tashkil etilishi mumkin
O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi rahbariyati Qohira universitetining yangi tayinlangan rektori professor Muhammad Somiy Abdulsodiq bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Kun.uz
Muloqot chog‘ida Qohira universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘rtasida yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda o‘zbek tilini o‘rganayotgan misrlik talabalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.
Misr tomoni Qohira universiteti kutubxonasida o‘zbek tili va adabiyoti burchagini tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, o‘zbek va arab tili o‘qituvchilari hamda o‘zaro talabalar almashish, O‘zbekistonda Qohira universiteti filialini tashkil etish, hamkorlikda darsliklar tayyorlash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Rektor Muhammad Somiy Abdulsodiq Qohira universitetida 2025 yil fevral oyida bo‘lib o‘tadigan Adabiyot va madaniyat yarmarkasiga mamlakat vakillarini ishtirok etishga taklif qildi.
Mavzuga oid

11:35 / 09.04.2025
O‘zbekistonda Belarus davlat universiteti filiali ochiladi

15:00 / 31.03.2025
Trampni tanqid qilgan uch professor Yyel universiteti va AQShni tark etyapti

20:50 / 25.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi

12:52 / 31.01.2025