O‘zbekiston | 20:50 / 05.12.2024
7310
2 daqiqa o‘qiladi

Muzaffar Komilov Xalqaro islom akademiyasi rektori etib tayinlandi

Kuni kecha prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etilgan Muzaffar Komilov Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Xalqaro islom akademiyasi rektori etib tayinlandi.

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Muzaffar Komilov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan 4 dekabr kuni Muzaffar Komilov O‘zbekiston prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgan edi.

Muzaffar Komilov ilgari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018 yil 18 aprelda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 2022 yil fevralida Shoazim Minovarov o‘rniga O‘zbekiston prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘tgandi.

Ma’lum qilinishicha, Uyg‘un G‘afurov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimidan ozod etilgan.

Mavzuga oid