Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan bojxona postini foydalanishga topshirdi
Buxoro viloyatidagi «Olot» chegara-bojxona postiga tutash mazkur «Farob avtoyo‘llari» postida endi bir vaqtning o‘zida 16 ta yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi mumkin.
Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan va qayta rekonstruksiya qilingan «Farob avtoyo‘llari» chegara-bojxona postini foydalanishga topshirdi. Bu haqda qo‘shni davlat bojxona xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkmaniston bojxona organlarini 2022-2028 yillarda rivojlantirish dasturi doirasida mamlakat hududidan o‘tuvchi tranzit yo‘laklarini rivojlantirish maqsadida Davlat bojxona xizmati tomonidan fuqarolik chegara bojxona postlarini takomillashtirish va ularning faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
«Bir qancha xalqaro tranzit yo‘nalishlari bo‘yida joylashgan «Farob avtoyo‘llari» bojxona posti orqali tranzit yuk tashish hajmi oshgani hisobga olinib, uni rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar bajarildi», — deyiladi xabarda.
Buxoro viloyatidagi «Olot» chegara bojxona postiga tutash mazkur post 10 gektargacha (oldin 5,2 gektar edi) kengaygan, endi bir vaqtning o‘zida 16 ta yuk avtotransport vositasini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish mumkin. Natijada kuniga 1000 tagacha yuk avtotransport vositasi harakatlanishiga imkoniyat yuzaga keldi.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025