Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijro organlarining funksiyalari ochiq reyestrga kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini yuritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Reyestrni yuritishning asosiy maqsadi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalarini tizimlashtirish, monitoring qilish va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona ochiq elektron axborot bazasini shakllantirish, shuningdek, ularning faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini oshirish bo‘yicha ta’sirchan choralarni belgilash hisoblanadi.
Hujjat bilan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari ochiq reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, u quyidagilarni tartibga soladi:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq reyestrga kiritish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, undan ma’lumotlarni o‘chirish;
reyestrga kiritilishi lozim bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari to‘g‘risidagi axborot manbalari va turlari;
ijro etuvchi hokimiyat funksiyalari pasportini shakllantirish;
vakolatli organ va ijro etuvchi hokimiyat organlarining huquq va majburiyatlari.
Reyestr Adliya vazirligi tomonidan "Davlat funksiyalari" avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida shakllantiriladi va yuritiladi. Nizom talablari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini yuritishga ham tatbiq etiladi.
Mavzuga oid
11:45 / 20.02.2025
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:38 / 01.02.2025
“Cherry mashinasi bor, ammo...” – muhtoj sifatida nafaqa olayotgan 20 mingdan ortiq oila reyestrdan chiqarildi
13:02 / 30.01.2025
Ukrainaga yetkazilgan harbiy zarar reyestri Rossiyada nomaqbul deb topildi
16:39 / 17.01.2025