Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Polshaning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligini yopadi
Poznandagi Rossiya konsulligi yopilishiga javoban Rossiya TIV 10 yanvardan boshlab Polsha bosh konsulligida ish to‘xtatilishini e’lon qildi. Ushbu sanadan oldin persona non grata deb e’lon qilingan uch polshalik diplomat Rossiya Federatsiyasi hududini tark etishi kerak.
Polshaning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi 2025 yil 10 yanvar kuni yopiladi, deb xabar qildi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 5 dekabr, payshanba kuni o‘z saytida. Tashqi ishlar vazirligining aniqlik kiritishicha, bu qaror Polsha rasmiylari tomonidan noyabr oyi oxirida Rossiyaning Poznandagi bosh konsulligi «o‘ylab topilgan bahona bilan» yopilganiga javoban qabul qilingan.
Xabarda aytilishicha, Polsha tomoniga Rossiya Bosh konsullik faoliyatiga bergan roziligini bekor qilayotgani haqida nota yuborilgan. Shuningdek, uning uch nafar diplomatik xodimi persona non grata deb e’lon qilingani va 10 yanvargacha Rossiya Federatsiyasi hududini tark etishi kerakligi xabar qilingan. Bundan tashqari, Moskva Varshavani «Rossiyaga nisbatan ochiq dushmanlik siyosati» olib borayotganlikda aybladi.
Polsha Rossiyaning Poznandagi konsulligini yopdi
Varshava 22 oktyabr kuni Rossiyaning Poznandagi konsulligini yopishini va uning xodimlari Polsha hududida persona non grata deb e’lon qilinganini bildirdi. Noyabr oyi oxirida Rossiya diplomatik missiyasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy bu chorani Rossiya tomonining diversion faoliyati bilan asosladi. Polsha prokuraturasiga ko‘ra, diversiya akti «Rossiya davlati tuzilmalari» tomonidan boshlanishi va ular tomonidan nazorat qilinishi kerak edi. Sikorskiyning so‘zlariga ko‘ra, u «bu harakatlar yagona emasligi va takrorlanishi mumkinligi» haqida ma’lumotga ega.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025