Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Yangi Toshkentda barpo etiladigan obektlarni loyihalashda ishtirok etmoqchi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning DFA kompaniyasi direktori Jyeyms Dauen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jyeyms Dauen O‘zbekistonda qurilish va me’morchilik sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etdi. Shuningdek, DFA kompaniyasi respublikadagi manfaatdor idora va korxonalar bilan hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.
Muzokara davomida Yangi Toshkent shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan obektlarning arxitektura-qurilish loyihalarini DFA kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida DFA kompaniyasi va O‘zbekistonning manfaatdor idora hamda tashkilotlari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risida kelishib olindi.
DFA kompaniyasi yirik, murakkab va zamonaviy arxitektura loyihalari bo‘yicha o‘z xizmatlarini taqdim etadi. Muassasa Londonda ta’sis etilgan. Hozirgi kunga qadar kompaniya tomonidan jahonning ko‘plab mamlakatlarida yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
10:24 / 15.05.2025