Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Madrimov bilan Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi
O‘zbekistonlik bokschi betob bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Jangda Madrimovning o‘rnini boshqa bokschi egallaydi.
Birinchi o‘rta vaznda sobiq jahon chempioni Isroil Madrimovning 21 dekabr kuniga belgilangan jangi o‘tkazilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 29 yoshli Madrimov shu kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoz shahrida ukrainalik Sergey Bogachukka qarshi ringga chiqishi kerak edi. Ammo Isroilning betobligi, ya’ni o‘tkir bronxit bo‘lgani sababli jang bekor qilingan.
Ta’kidlanishicha, Madrimovning o‘rnini britaniyalik bokschi Ismael Salas egallaydi. Madrimov esa endi 22 fevral kuni WBC vaqtinchalik chempioni Verjil Ortisga qarshi kechadigan jangga tayyorgarlik ko‘radi.
Ma’lumot o‘rnida, Madrimov (10-1-1) oxirgi jangini 4 avgust kuni amerikalik Terens Kroufordga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi. 29 yoshli Bogachuk (24-2-0) esa so‘nggi jangida amerikalik Verjil Ortisga yutqazgan.
Mavzuga oid
20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi
01:04 / 23.02.2025
Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun kechgan jangda mag‘lub bo‘ldi
21:01 / 13.01.2025
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi
22:36 / 28.12.2024