Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yo‘l infratuzilmasini qurishda Xitoy tajribasini jalb qiladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Xitoy biznes tuzilmasi rahbari bilan yo‘l infratuzilmasini qurishda ilg‘or tajribani mamlakatga jalb qilish istiqbollarini muhokama qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoyning Chendu shahrida Shudao Investment Group kompaniyasi raisi Chjan Chjenxun bilan uchrashdi.
"Shudao Investment Group" raisi janob Chjan Chjenxun bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Bugungi yig‘ilish kun tartibiga yo‘l infratuzilmasini qurishda Xitoyning ilg‘or tajribasini jalb qilish, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va boshqa ko‘plab masalalar kiritilgan".
Ikki mamlakat uchun o‘zaro manfaat keltiradigan kuchli va samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025