Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Pokiston to‘qimachilik uyushmasi filiali ochiladi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev pokistonlik taniqli tadbirkor – Ejaz Group va Lake city kompaniyalari rahbari Gohar Ejaz bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Hilton Pharma, Fatima Group, Sheikhpura textile mills kompaniyalari va Askari bank banki rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Muzokaralar chog‘ida mamlakatning to‘qimachilik, farmatsevtika, ko‘chmas mulk, bank-moliya va qurilish sohalariga Pokiston investorlarini jalb qilish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Gohar Ejaz O‘zbekiston prezidentining mintaqaviy bog‘liqlikni qayta tiklash, iqtisodiy integratsiya jarayonlarini jadallashtirish, umumiy farovonlikka erishish borasidagi strategik tashabbuslarining to‘liq tarafdori ekanligini e’tirof etdi.
Davlatlar o‘rtasida o‘zaro savdo hajmlarini yanada oshirishga qaratilgan choralar, jumladan, transport-logistika va bank sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar xususida fikr almashildi.
Pokistonlik tadbirkor ikki tomonlama investitsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun o‘zaro manfaatli sohalarda faoliyat yurituvchi yirik biznes vakillari orasida bevosita muloqot platformasini yaratishni taklif etdi. Shu maqsadda kelgusi yilning birinchi choragida 10 nafar yirik ishbilarmonlardan iborat delegatsiyasining O‘zbekistonga safari uyushtirilishi bildirildi.
Bundan tashqari, 2025 yilda O‘zbekistonda "Umumpokiston to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilar uyushmasi" (APTMA) filiali ochilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
14:00 / 20.05.2025
Germaniya O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida ishlayotgan ayol menejerlarni qo‘llab-quvvatlaydi
00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
22:12 / 15.05.2025